Sun'iy intellektning jamiyat uchun asosiy xavf-xatarlaridan biri shundaki, neyron tarmoqlar tobora ko'proq sifatli kontentni, jumladan, yangiliklar hisobotlari, ilmiy maqolalarni yaratish imkoniyatiga ega bo'lib, soxta ma'lumotlarning tarqalish xavfini oshiradi. Bu haqda “Lenta.ru” kiberxavfsizlik bo'yicha mutaxassis Vladimir Ul`yanovga tayanib, ma'lum qildi.
“Sun'iy intellekt nazoratdan chiqib ketadi va buzg'unchi harakatlar qila boshlaydi, degan qo'rquv asossizdir, chunki unda bunday turdagi vakolat va imkoniyatlarga cheklov o'rnatiladi. Men xavf sifatida ko'rayotgan yagona narsa va nima uchun undan foydalanishni cheklash kerak deb o'ylashimning sababi – endi neyron tarmoqlardan turli matnlar, ilmiy maqolalar, yangiliklar yaratish uchun foydalanish mumkin”, deydi Ul`yanov.
“Axborot qancha ko'p tarqalsa, uni kim yaratganini, qanchalik real ekanligini tushunish shunchalik murakkablashadi. Soxta yangiliklar paydo bo'lishi mumkin”, deydi mutaxassis.
Oldinroq Italiyaning SHaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish idorasi dunyoda birinchi bo'lib "ChatGPT" chat-botidan foydalanishga vaqtinchalik cheklov joriy etgandi. Bunga shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish bo'yicha qonun buzilishi sabab bo'lgan edi. Keyinchalik Germaniyada ham "ChatGPT"ini bloklash ko'rib chiqilayotgani aytilgandi.