Unga koʻra, abituriyent oʻzi tanlagan birinchi yoʻnalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yoʻnalishlardan biriga oʻqishga kirgan boʻlsa, oʻz xohishi bilan birinchi tanlagan yoʻnalishida super-kontraktda oʻqishiga ruxsat beriladi.
Bu istisno 2, 3 yoki 4-yoʻnalishga taalluqli emas. Yaʼni beshinchi yoʻnalishga oʻqishga kirgan abituriyent ikkinchi yoki toʻrtinchi yoʻnalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat birinchi yoʻnalishga qilishi mumkin.
Shuningdek, tanlagan beshala yoʻnalishiga ham oʻqishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yoʻnalishdan birini tanlab, super-kontraktda oʻqishiga ruxsat beriladi.
Abituriyentlar kontrakt.edu.uz saytiga kirib, ariza qoldirishlari mumkin.