“Surxon vohasi O'rta Osiyo kulolchiligi tamadduni” nomli ko'rgazma tashkil etildi

    Termiz arxeologiya muzeyida “Surxon vohasi O'rta Osiyo kulolchiligi tamadduni” nomli ko'rgazma tashkil etildi.

    Termiz arxeologiya muzeyida “Surxon vohasi O'rta Osiyo kulolchiligi tamadduni” nomli ko'rgazma tashkil etildi.

    Ko'rgazma ochilishida muzey xodimlari surxon vohasi kulolchiligi tarixi va qadimgi o'zbek davlatchiligi poydevori bo'lgan Jarqo'ton yodgorligi kulolchilik maktabi haqida ma'lumotlar berildi.

    Shuningdek, muzey zaxira fondida saqlanayotgan bronza davri sopol idishlari to'g'risida tayyorlangan taqdimot qatnashchilarga namoyish etildi. Ayniqsa, muzey bo'ylab o'tkazilgan sayohat yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

    Ko'rgazmada Xayrulla kulol charxda bir-biridan bejirim ko'zalar va xumlar yasadi. Bu tabiiy jarayonni tomoshabinlar maroq bilan kuzatishdi. Mahoratli kulolning epchil barmoqlarida bunyod etilgan mo''jizani ko'rib tahsin o'qishdi.