Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati IIB tezkor qidiruv xizmati huzuridagi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimiga qilgan murojaatiga asosan, Surxondaryo viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tadbir jarayonida Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi turmush oʻrtogʻi Sh.T ning nomida boʻlgan “I.Ch” fermer xoʻjaligining 5,33 gektar yer maydonini fuqaro N.S ning nomiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib, egalik huquqini olib berish uchun talab qilingan 80 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.