Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Boysun tumanidagi “B.A.” xususiy korxonasi rahbari R.A. “Tuzbozor” MFY hududidagi savdo do‘konida umumiy bahosi 302,5 mln so‘mlik tegishli hujjatlari bo‘lmagan va qalbaki aksiz markali 6 935 dona alkogol va 3 456 quti tamaki mahsulotlarini savdoga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.