Soat 10:45da Termizdan uchgan samolyot 12:05da Fargʻonaga borib qoʻndi.

Ilk bor yoʻlovchilarni qabul qilgan yoʻnalish endilikda muntazam ravishda amalga oshiriladi.

- Fargʻona vodiysi bilan Surxon vohasini bir qadam qilgan yangi yoʻnalish ochilganidan juda mamnunmiz. Ham vaqtimiz tejaladigan boʻldi, ham aviachipta narxi arzon, hamyonbop ekan.- deydi yoʻlovchi Oʻrozbek Kuchkarov.

Joriy haftaning oʻzida payshanba kunidan boshlab, Fargʻonadan ilk parvozni amalga oshiradigan aviayoʻlovchilar ʻFargʻona-Termizʻ yoʻnalishida Termizga yetib kelishlari koʻzda tutilgan.

Yaʼni haftaning har payshanba kunlari soat 8:40da yoʻlga chiqqan aviayoʻlovchilar 10:10da Termizga yetib kelishlari belgilangan.

Aviachiptalar Termiz xalqaro aeroporti hamda Fargʻona xalqaro aeroporti aviakassalarida sotilmoqda.