Aniqlanishicha, Denov tumanida yashovchi M.R. (1958-yilda tugʻilgan ayol) voyaga yetmagan nabirasi A.R. (2009-yilda tugʻilgan qiz)ni mazkur tumanda yashovchi M.R. (1997-yilda tugʻilgan erkak)ga turmushga berish marosimini tashkil qilgan.

A.R. voyaga yetmagani sababli M.R. bilan nikoh qonunda koʻrsatilgan tartibda qayd etilmagan boʻlsa-da, fuqaro I.M (1950-yilda tugʻilgan erkak) moddiy manfaat evaziga ularga sharʼiy nikoh marosimini oʻtkazgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro I.M.ga nisbatan JKning 125-1-moddasi, fuqaro M.R.ga nisbatan esa JK.ning 128-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari Denov tuman IIB huzuridagi TB tomonidan olib borilmoqda.