Surxondaryoda bodom gulladi

    Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tasarrufidagi “Yuqori Toʻpalang” milliy tabiat bogʻi hududida achchiq bodom daraxti gulladi.

    Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

    Maʼlumot uchun, “Yuqori Toʻpalang” milliy tabiat bogʻi 2022-yil 4-martda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tashkil etilgan. Hududda 667 turga mansub oʻsimlik uchraydi. Shulardan 36 turi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

    Shuningdek, hududning togʻli va togʻoldi qismlarida koʻp yillik, yovvoyi, dorivor oʻsimliklar oʻsadi.