Bosh prokuroratura hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamkorligida Surxondaryo viloyatida oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Oʻrganish davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi bahorgi mavsumiga tayyorgarlik boʻyicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi. Shuningdek, “Alpomish” MFY hududida tashkil etilgan “Ekologiya bogʻi” hamda Nuroniylar choyxonasi yaqinidagi “Eko bogʻ” hududida mavjud daraxtlarning ostki qismi betonlanganligi aniqlanib, beton qoplamalardan tozalandi.

Shu bilan birga, oʻrganishlar natijasida yuqorida qayd etilgan holatlar va boshqa kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha soha masʼullariga tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Oʻrganish davom etmoqda.