Bu haqida DXX matbuot xizmati maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, u xizmat mavqeidan foydalanib, Termiz shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni tanishlari orqali viloyat Bojxona boshqarmasiga ishga joylashtirib qoʻyish evaziga 1000 AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Termiz shahar prokuraturasi hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda u pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Sud tomonidan “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllandi, tergov harakatlari davom etmoqda.