Qarorga muvofiq:

Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi negizida Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi.

Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

▪️ gʻoʻzaning ingichka tolali yangi navlarini yaratish va ularning birlamchi urugʻchiligini tashkil etish;
▪️ gʻoʻzaning ingichka tolali yangi navlarini yetishtirishda tuproq unumdorligini oshirish va resurs tejaydigan agrotexnologiyalardan foydalanish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish;
▪️ qishloq xoʻjaligi sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, gʻoʻzaning ingichka tolali yangi navlarini yetishtiruvchi subyektlarning malakasini oshirish;
▪️ yetakchi mahalliy va xorijiy ilmiy markazlar va taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, sohaga mahalliy va xorijiy grantlarni hamda investitsiyalarni jalb etish.

Surxondaryoda 2022-yilda 12 ming gektar, 2023-yilda 18 ming gektar maydonga gʻoʻzaning ingichka tolali navlarini joylashtirish rejalashtirilgan.