Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tezkor oʻrganish ishlari olib borildi.
Aniqlanishicha, Sherobod tumani “Mehnatobod” mahallasida yashovchi fuqaro O.Y. oʻziga tegishli itning uchta bolasiga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlib, ularning quloqlarini qoʻl bilan yulib tashlagan va ushbu jarayonni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirgan.
Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 111-moddasi 2-qismi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Toʻplangan hujjatlar koʻrib chiqish uchun sudga yuborildi.
Sud hukmi bilan fuqaro O.Y. aybdor deb topildi va unga nisbatan 10 kun muddatga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.