Holat yuzasidan Energetika vazirligi huzuridagi “Neftgazinspeksiya” bayonot berdi.
Qayd etilishicha, holat oʻrganilganda, Termiz shahridagi “DON” xususiy firmasiga tegishli AYOQSH haqiqatan ham narxni asossiz oshirgani tasdiqlangan.
“Benzin narxini sunʼiy ravishda oshirganligi sababli ushbu AYOQSHga avtobenzin yetkazib berish toʻxtatish yuzasidan tegishli tashkilotlarga koʻrsatma berildi”, — deyiladi inspetsiya bayonotida.