Holat boʻyicha Energetika vazirligi maʼlumot berdi.
Shu yilning 18-oktyabr kuni tungi soat 01:30 da Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi “Olovuddin” mahallasida “Nexia-3” avtomashinasi yuqori bosimli gaz quvuriga urilishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi.
YTH oqibatida Denov tumanidagi 3950 ta aholi va 20 ta ulgurji isteʼmolchida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatilgan.
Maʼlumotlarga kura, ayni vaqtda ushbu nosozlik bartaraf etilgan va tumandagi isteʼmolchilarga tabiiy gaz odatdagi tartibda yetkazib berilmoqda.