“Q.Ch.” fermer xoʻjaligi rahbari A.E. xoʻjalikning paxta va gʻalla yetishtirishga moʻljallangan 0,15 gektar yer maydonini va oʻzi vaqtincha foydalanib kelayotgan 0,40 gektar yer maydonini fuqaro R.ga 85 mln soʻmga uy-joy qurib foydalanish uchun sotishga kelishgan.

Shundan, 40 mln soʻmini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ushbu holat boʻyicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari ketmoqda.