Surxondaryoda odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzgan sud raisi ishdan olindi

    Mamlakatimizda 23 Yanvar 2022 1271

    Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo'yicha Angor tuman sudining raisi lavozimidan ozod etildi.

    Ma'lum qilinishicha, jinoyat ishlari bo'yicha Angor tuman sudining raisi Kamoliddin Xidirov odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzgani, sud ishini tashkil etishda beparvoligi va intizomsizligi oqibatida yo'l qo'ygan kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.

    Shuningdek, Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo'yicha Qumqo'rg'on tumanlararo sudining sud`yasi Muattar Allayorova o'z arizasiga asosan lavozimidan ozod etilib, vakolati muddatidan ilgari tugatilgan.