Tumanning “Istiqlol” mahallasida “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida 120 gektar maydonga ekilgan piyoz mahsuloti ayni kunlarda yigʻishtirib olinib, eksportga va mahalliy bozorlarga yoʻnaltirilmoqda.
Mahsulotni erta bahordan pishirgan dehqon ushbu maydondan 3 ming tonnaga yaqin hosil yigʻishtirishni maqsad qilgan.
Yetishtirilgan piyoz aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga xissa qoʻshishi barobarida dehqonlarga daromad keltirmoqda.