Bu shaxs Jarqoʻrgʻon tumanida yashovchi 2001-yilda tugʻilgan R.I. boʻlib, u DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda qoʻlga olindi.
Tadbir davomida unga tegishli boʻlgan telefon apparati tekshirib koʻrilganda, telegram messenjeridagi akkaunti orqali Abdulloh Zufar, Sodiq Samarqandiy Abu Saloh, Rashod Qori kabi “jihodchilar” DEO gʻoyalarini targʻibotchilari bilan aloqalari aniqlandi.
Bundan tashqari, u Oʻzbekiston Islom Harakati XTTga tegishli “Jundulloh” media markazining “Amjad media” nashidalari, Suriyadagi Tavhid va jihod katibasi XTT rahnomasi Abu Salohning jihodga chorlovchi maʼruzalarini yaqin tanishlariga tarqatib kelayotgani aniqlanib, videotasvir orqali pretsessual tartibda rasmiylashtirildi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.