Surxondaryoda tadbirkorga abonent hisob raqami ochmasdan “Svet“ga ulab berishni vaʼda qilgan boʻlim boshligʻi oʻrinbosari ushlandi

    Energetika 13 May 2025 497

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinsoy tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Energosavdo“ filialining Oltinsoy tumani boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari B.B. “B.“ MFY hududidagi goʻzallik saloni ishchisi B.D.dan sarflanadigan elektr energiyasi uchun elektron abonent hisob raqamini ochmasdan, tarmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri ulab berishi hamda kelgusida ETK xodimlari tomonidan oʻtkaziladigan nazorat tadbirlarida chora koʻrilmasligini vaʼda qilib, evaziga 7 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.