Maʼlum qilinishicha, OTB mablagʻlari hisobidan Surxondaryo viloyatidagi 4R105 “Darband–Boysun–Elbayon” avtomobil yoʻlining 5-70 km (65 km) qismini va 4R100 “Mangʻuzor – Jarqoʻrgʻon – Bandixon – Oltinsoy – Denov” avtomobil yoʻlining 128-174 km (46 km) qismi rekonstruksiya qilinmoqmoqda.

Loyiha doirasida rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yoʻlining umumiy uzunligi 111 km tashkil etadi.

Mazkur avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilinishi bilan Surxondaryo viloyati hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatdagi M39 va M41 avtomagistrallari qisqa masofada birlashtirilib, Toshkent shahriga qatnovni amalga oshirayotgan xalqaro va mahalliy avtotashuvchilar uchun mavjud 298 km uzunlikdagi avtomobil yoʻli 146 km qisqartiriladi va natijada masofa 152 km tashkil etadi.