Uchrashuvda Surxondaryoda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida ushbu yo'nalishda qilinishi zarur bo'lgan rejalar yuzasidan fikr almashilgan.
Viloyat hokimi Federatsiya tashabbuslarini qo'llab-quvvatlagan, fuqarolarning muammolarini tizimli o'rganish va ularni aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratini o'rnatish, fuqarolarning iste'molchilik madaniyatini oshirishga qaratilgan barcha loyihalarda hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirgan.