Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati, Jarqoʻrgʻon tumani “Guliston” MFY hududidan oqib oʻtuvchi “ZANG” kanaliga MFYning Nurli kelajak koʻchasida yashovchi fuqaroning “VAZ-2106” rusumli avtomashinasi tushib ketganligi toʻgʻrisida FVBga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan FVV qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnikalar yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olingan.

Maʼlumotlarga koʻra, avtomobil salonida hech kim boʻlmagan.

Hodisa oqibatida vafot etgan va tan jarohati olganlar yoʻq.