Qayd etilishicha, videodagi holat “Boymoqli” mahallasi hududida xizmat olib borayotgan yo‘l patrul xizmati inspektorlari hamda huquqbuzarlik sodir etib, IIO xodimlarining qonuniy talabini bajarishdan bo‘yin tovlab, o‘zining tanishlari bilan xodimlarga nisbatan qarshilik ko‘rsatayotgan bir guruh fuqarolar o‘rtasida sodir bo‘lgan.

Holatga aloqasi bo‘lmasa-da shu atrofda turib xodimlarni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilib, hozirda holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda