Yangi Zelandiyada samolyotga chiqishda nafaqat yuk, balki yoʻlovchilar ogʻirligi ham oʻlchanadi

    Iyun oyidan boshlab Air New Zealand xalqaro reyslari yoʻlovchilari samolyotga chiqishdan oldin tarozidan oʻtkaziladi, deya xabar beradi Yeuronews.

    Oklend xalqaro aeroportidan 1-iyundan 2-iyulga qadar joʻnab ketadigan yoʻlovchilarni tarozidan oʻtkazish taklif etildi.

    Air New Zealand aviakompaniyasi “samolyot xavfsizligi va samarali ishlashini” taʼminlash uchun yoʻlovchilarning ogʻirligini oʻlchash zarurligini aytdi.

    Uchuvchilar uchun yuklangan samolyotning ogʻirligi va muvozanatini bilish juda muhim, shunda samolyot tortilish kuchiga qarshi tura oladi.

    Hozirda aviakompaniyalar qatʼiy raqamlar orqali “taxminiy massa” dan foydalanadi.

    Yoʻlovchi vaznini bilish uglerod chiqindilarini kamaytirishga qanday yordam beradi?

    Ehtiyotkorlik sifatida aviakompaniyalar oʻz samolyotlarining yalpi ogʻirligini oshirishni afzal koʻrishadi.

    Umuman olganda, har bir yoʻlovchining vazni oʻrtacha hisobda 88 kg, aniqrogʻi erkaklar 93 kg, ayollar 75 kg deb hisoblanadi.

    Agar uchuvchi samolyotning ogʻirligi hisoblangan massadan kamroq ekanligini oldindan bilsa, u yoqilgʻini mos ravishda yuklaydi.