Ma’lum bo‘lishicha, bugun, 13-avgust soat 12:58 da Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani, “Oqqo‘rg‘on” MFY Jarqishloq hududida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi hududida yoqilg‘i tashuvchi avtosisternadan yoqilg‘i saqlash rezervuariga yoqilg‘i quyish vaqtida texnologik jarayon buzilishi natijasida chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqanligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:07 da hodisa joyiga yetib borib, soat 13:08 da yong‘inni qurshab olgan va soat 13:16 da butunlay o‘chirgan.

Hozirda chaqnash sabablari va yetkazilgan zarar aniqlanmoqda.

Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbarlari yetib borgan.

FVV jabrlanganlar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot taqdim etmagan.