Olimlar mazkur ashyolar hozirgacha vatanimiz hududidan topilgan Mirzo Ulugʻbek hukmronligi davrida zarb ettirilgan pul tangalarining eng katta va yaxshi saqlangan xazinasi ekanligini taʼkidlashmoqda.

Qadimiy tangalarning bir tomonida olti qirrali yulduz va olti yaproqli gul zarb qilingan boʻlib, bu hukmdorning buyuk astronom va matematikligi tufayli kiritilgan belgilardir. Shuningdek, tangalarning reversida, yaʼni bet tarafida “Samarqand”, “Adliyya” soʻzlari, hijriy 823 (1420-yil), 832 (1428-yil) kabi zarb qilingan yillari aks etgan.