Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, mazkur avtobus vazirlik tomonidan ajratilgan.

Xabarda aytilishicha, toʻda mahallasidagi bolalar ilgari bogʻchagacha 8-10 kilometrdan ortiq masofani bosib oʻtishar, qishda loy yoʻllarda qiynalishar edi. Uzoqlik sabab ayrim ota-onalar farzandlarini bogʻchaga yubora olmasdi.

Endilikda esa bolalar har kuni ertalab tarbiyachilar hamrohligida xavfsiz avtobusda bogʻchaga borishadi va mashgʻulotlar yakunida bexavotir uylariga qaytishadi.

Bu tashabbus nafaqat bolalar xavfsizligini, balki ota-onalar uchun qulaylikni ham taʼminlamoqda. Eng muhimi — maktabgacha taʼlimga qamrov darajasi oshmoqda.