Surxondaryoning Xatak gʻorida yana bir neandertal odam makoni aniqlandi

    Fan 29 Iyun 2022 1304

    Sherobod tumanida joylashgan Surxon davlat qoʻriqxonasi, Xatak boʻlimi, Bogʻli dara massivida 2021-yilda arxeologlar tomonidan mil.avv. 100-40 ming yillikka oid neantertal odam makoni topilib, joriy yilning iyun oyidan keng koʻlamli qazishma ishlari boshlab yuborildi.

    Qazishma davomida vertikal qoyaning yuzasida 15-20 m balandlikda hosil boʻlgan va kirish juda qiyin boʻlgan ushbu gʻorda tosh qurollar, yovvoyi hayvonlarning maydalangan suyaklari bilan birga 100-60 ming yil oldin yashagan neandertal odami hayotining toʻliq va buzilmagan manzarasi (kul, dumaloq oʻchoq qoldiqlari) saqlanib qolganligi aniqlandi.

    Gʻorning fan uchun ahamiyatli tomoni shundaki, Surxondaryo viloyatining nafaqat togʻli Boysun tumani, balki Sherobod tumani ham ilk insonlar makoni sifatida oʻz isbotini topdi.

    OʻzR FA Milliy arxeologiya markazi hamda Avstraliyaning Griffet universiteti xodimlari tomonidan qazishma ishlari davom ettirilmoqda.