Shu yilning 11-dekabr kuni Gazeta.uzʼda eʼlon qilingan «Oʻzbekistonda sut mahsulotlarini markirovkalash boshlanadi« sarlavhali materiali yuzasidan Savdo-sanoat palatasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, chetdan olib kiriladigan quruq sutga oʻtgan yili cheklov qoʻyilgani oqibatida ulardan olinadigan tayyor mahsulotlar importi 30 foizga koʻpaygan.
Hozirgi kunda tadbirkorlar taklifiga koʻra, quruq sut importiga cheklovlar olib tashlanishi rejalashtirilmoqda. Xaridorlarga sut mahsulotlarini ongli ravishda tanlash imkonini yaratish maqsadida qadoqda tabiiy sut yoki quruq sut ishlatilgani haqidagi maʼlumot koʻrsatilishi koʻzda tutilmoqda.
«Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatida tabiiy va quruq sutdan tayyorlangan mahsulotlarni ajratadigan laboratoriyalar tashkil qilish reja qilinmoqda.
Kelajakda ularning yordamida mahsulotlarni ajratib, tabiiy yoki quruq sutdan tayyorlangan belgini qoʻyish yoʻlga qoʻyish koʻzda tutilmoqda«, — deyiladi rasmiy munosabatda.