Tadqiqotchilar terisida kichkina jarohati bo'lgan sichqonlar ustida o'tkazilgan tajribada kazeinning yara bitishiga ta'sirini o'rganishdi. Hayvonlar uch guruhga bo'lindi: birinchi guruh sichqonlar jarohat olgan joyi kazeinli bint bilan bog'langan; ikkinchisi guruhda oddiy bintdan foydalanilgan; uchinchisida esa jarohat umuman davolanmagan. Kazeinli bog'ich sut oqsilining polikaprolaktonli birikmasidan iborat edi. Tadqiqotchilar sichqonlardagi o'zgarishlarni 3, 7, 10 va 14 kunda yaralarni suratga olish, shuningdek ularni mikroskop ostida tekshirish orqali qayd etishdi.

Jarohatlanishdan 14 kun o'tgach, kazeinli bintlar ishlatilgan sichqonlarda boshqa guruhdagilarga qaraganda jarohat yaxshiroq bitib ketgani ma'lum bo'ldi. Bundan tashqari, kazeinli bintlar zaharli emasligi ma'lum bo'ldi va sut oqsili bilan davolangan yaralar atrofida immunitet hujayralarining kamayishi qayd etildi.

Kazein sut emizuvchilar sutida topilgan oqsil bo'lib, uning ko'p qismi sigir sutida bo'lib, u suyuqlikning 80 foizini tashkil qiladi. Bu juda arzon modda, chunki u yog'siz sut ishlab chiqarishning qo'shimcha mahsulotidir. Oxirgi tadqiqotlar kazein mikroblarga, yallig'lanishga qarshi va antioksidant xususiyatlarga ega ekanini ko'rsatdi, deb xabar beradi lenta.ru.