Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva maʼlum qildi.
«Yangi texnologiyalar, kanallarni betonlash, raqamli boshqaruv va suvni tejashga qaratilgan loyihalar haqida fikr almashdik.
Suv — mamlakatimizdagi eng ustuvor strategik resurslardan biridir. Shu bois ham muloqotda suv sarfini maqsadli taqsimlash, kichik GESlar qurish, qishloq xoʻjaligi loyihalari boʻyicha innovatsion tashabbuslar taqdim etildi.
Ushbu taklif va gʻoyalar aholining hayotiy muhim ehtiyojlarini hal etishga, fermerlar va dehqon xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi,« — deyiladi Saida Mirziyoyeva oʻz telegram sahifasida.











