Suv oʻlchagich asosida hisob-kitob faqat isteʼmol qilingan suv uchun boʻladi. Ortiqcha sarflar inobatga olinmaydi, aksincha, tarif boʻyicha haq toʻlanganda bir kishiga bir kunda oʻrtacha 250-300 litr suv toʻgʻri keladi.

Ana shunday afzalliklarni aholiga tushuntirish maqsadida Toshkent shahri va viloyatlarda ayni kunda safarbarlik eʼlon qilingan. Aholining ichimlik suvidan qarzdorligini bartaraf etish barobarida suv oʻlchagichlarning afzalliklari xususida ham targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Mazkur targʻibot tadbirlaridan koʻzlangan asosiy maqsad – isteʼmolchilarni faqat oʻlchagichlar asosida hisob-kitobga oʻtkazish, oʻz navbatida, suv isrofi, isteʼmolchi va yetkazib beruvchi oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tushunmovchilik va muammolarning oldini olishdir.