Ixtiro akkumulyator ustki qismidagi qattiq qoplamalar o'rniga qayishqoq va moslashuvchan polimerdan foydalanishga asoslanadi. Bu esa uning suv o'tkazmasligini ta'minlaydi.

Olimlar batareyaning qayishqoqligi va suv o'tkazmasligini tekshirish uchun uni kir yuvish mashinasida sinovdan o'tkazishdi. Batareya sinovdan muvaffaqiyatli o'tdi.

Ixtiro muallifi Tan Nguenning aytishicha,  akkumulyator uchun xomashyo sifatida sink dioksidi va marganets bekorga tanlanmagan. Chunki ular litiy-ion batareyalariga qaraganda xavfsizroq kimyoviy tarkibga ega.

Ayni paytda mutaxassilar batareyaning imkoniyatlarini yanada oshirish ustida ish olib bormoqda, deya xabar beradi lenta.ru.