Muassasada barcha qulayliklar yaratilib, zamon talablari darajasidagi bolalar mebellari, turli o'yinchoqlar, o'zbek va jahon xalqlari ertak kitoblari, musiqa cholg'u asboblari, sport va boshqa zarur jihozlar bilan to'liq ta'minlandi.

Qayta faoliyatini boshlagan ushbu MTTda 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan 175 nafar bolajonlar yosh toifasiga qarab 7 ta guruhga bo'lindi. Ularga 42 nafar malakali mutaxassislar ta'lim-tarbiya berish bilan birga, rus va ingliz tillari, musiqa, tasviriy san'at, jismoniy tarbiya va boshqa to'garaklari ham tashkil etildi.