Bu inshoot 15 qavatli boʻlib, uning ogʻirligi 22 ming tonnani tashkil etadi. Ushbu ulkan transformator loyihasini ishga tushirishdan maqsad uchta shamol elektrostansiyalaridan 1100 MVt elektroenergiya olishdan iboratdir. Ishlab chiqilgan resurslar doimiy tokka aylantirilgan holda 100 kilometr uzoqlikdagi masofaga uzatiladi. Taʼkidlash joizki bu Xitoydagi suv osti elektrokabellarning eng uzun tizimidir.

Ushbu loyiha 100 % samaradorlikka erishganida 1,36 million xonadonni elektroenergiya bilan taʼminlay oladi.

Eslatib oʻtamiz, Three Gorges Rudong Xitoyning uglerod chiqindilarini kamaytirish davlat dasturi doirasida qurilgan yirik inshootlardan biridir.