Strategiya doirasida:
- suv ta'minoti darajasi past bo'lgan sug'oriladigan maydonlar 526 ming gektardan 424 ming gektargacha kamaytiriladi;
- suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy qilish 308 ming gektardan 1,1 mln gektargacha, shu jumladan tomchilatib sug'orish texnologiyasi 121 ming gektardan 822 ming gektargacha yetkaziladi;
- sho'rlangan maydonlar 1 926 ming gektardan 1 888 ming gektarga qisqartiriladi;
- qishloq xo'jaligida foydalanishdan chiqib ketgan jami 232 ming gektar sug'oriladigan yer maydonlari qayta foydalanishga kiritiladi;
- “Smart Water” (“Aqlli suv”) raqamli texnologiyasi asosida suvning hisobi yuritiladigan suv xo'jaligi ob'ektlari soni 18 576 tagacha yetkaziladi;
- 60 ta yirik suv xo'jaligi ob'ekti raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan boshqaruvga o'tkaziladi;
- Suv xo'jaligi vazirligi tizimidagi 1 688 ta nasos stansiyasidagi 5 231 ta nasos agregatining elektr energiyasi iste'moli va suv sarfi hisobining monitoringi “onlayn” rejimda olib boriladi;
- suv xo'jaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida jami 124 ta loyiha amalga oshiriladi.
2021 yil 1 oktyabrgacha etilen polimerlari (TIF TN kodi 3901) va propilen polimerlarini (TIF TN kodi 3902) olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi belgilandi.
2021 yil 1 iyulgacha suv resurslarining avtomatlashtirilgan idoralararo axborot tizimi bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.