Kema Niderlandiyada 3 kun turadi. Tovarlar ortilgan 14 mingta konteyner tushirilganidan soʻng, kema konteynerlariga yana yuk ortiladi. Keyin kema Buyuk Britaniga yoʻl oladi.

Eslatib oʻtamiz, kema 8-mart kuni Xitoydan yoʻlga chiqqandi. 23-mart kuni esa Oʻrta yer dengizi hamda Qizil dengizni bir-biriga bogʻlaydigan Suvaysh kanalidagi sayozlikda turib qolib, ikki tomonlama harakatni toʻsib qoʻygandi.

Ever Given bilan yuzaga kelgan favqulodda holat tufayli kemaning har ikkala tomonida ham kemalar yigʻilib qoldi. Olti kunlik urinishlardan soʻng Ever Given suvga qaytarildi. Voqeaga kuchli shamol va qum boʻrolari sabab boʻlgani aytilgan edi.