Mamlakatimizda meva-sabzavotchilik, g'allachilik va chorvachilikda 500 ga yaqin klaster va kooperatsiyalar faoliyati yo'lga qo'yildi. Buning natijasida 1 milliard dollorlik meva-sabzavot maxsulotlari eksport qilindi. Bu yil 91 ming gektar yer maydoni qaytadan foydalanishga kiritildi. 133 ming gektar yoki o'tgan yilga nisbatan 2 barobar ko'p maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etildi. Tadbirkorlikni keng qo'llab-quvvatlash bo'yicha ko'plab imtiyoz va yengilliklar berildi.Tadbirkorlik sub`ektlariga oldingi yillarga nisbatan qariyib to'rt barobar ko'p kredit mablag'lari ajratildi.

Joriy  yilda Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar markazlari tashkil etildi, ularda “Yagona darcha” tamoyili asosida ko'plab agroxizmatlar ko'rsatish yo'lga qo'yilmoqda. Qishloq xo'jaligini  modernizatsiya qilish, raqamlashtirish, erning unumdorligini oshirish zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etishga ilk bor yuqori miqdorda kredit va grant mablag'lari jalb qilindi. Suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etiladigan er maydonlari 5 barobarga ko'paytirilib, 430 ming gektarga yetkaziladi, 90 ming gektar yangi erlar o'zlashtirilishi, unda  bog' va tokzorlar barpo etilishi borasida ham tizimli ishlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari bu borada  O'zbekiston Respublikasi  Prezidentining  2020-yil 11-dekabrdagi “Qishloq xo'jaligida suvni tejaydigan  texnologiyalarni joriy etishni yanada  jadal tashkil etish chora-tadbirlari  to'g'risida”gi qaror  ijrosini ta`minlash borasida bajarilgan ishlar ustidan hozirgi kunlarda ham nazorat tadbirlari  olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi “Quyi bo'g'inda suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari  to'g'risida”gi qarori hamda “O'zagroinspeksiya” markaziy aparatining 2022-yil 8-apreldagi topshiriqlari ijrosini nazorat qilish maqsadida Surxondaryo viloyati va tuman bo'limlari tomonidan muntazam  ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, joriy yilning o'tgan iyun oyi davomida Inspektsiyaning Surxondaryo  viloyatida  o'tkazilgan tekshirish, monitoring va o'rganishlarda 25 ta holatda  2,97 gektar ekin maydonlarini ko'llatib sug'orish, 9 ta holatda 42 litr suvni kollektor-drenaj tarmoqlariga oqizish, 33 ta holatda esa suvdan foydalanish va suv istemoli qoidalarini buzish, hamda  suv obyektlarining holatiga salbiy ta'sir etuvchi gidrotexnika ishlarini o'zboshimchalik bilan  nomutonosib tarzda bajarish, suvdan foydalanish va suv istemoli  bo'yicha belgilab berilgan rejalarini buzish,  suv ob'ektlaridan olinadigan va ularga quyiladigan suv miqdorining dastlabki hisobini yuritish qoidalarini buzish, suv olishga ruxsat etilmagan joylardan, Shuningdek, 2 ta holatda  shartnoma tuzmasdan suv olganlik, 114 ta holatda esa bu kabi  boshqa holatlar sodir etilgan. O'tgan bir oy davomida jami 147 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan.   Aniqlangan qonunbuzarlik holatlariga nisbatan esa 32 ta holatda 7 mln 500 ming so'mlik ma`muriy jarimalar qo'llanilib, 5 mln 799 ming so'm undirildi, 2 ta holatda 444 ming so'm moliyaviy sanksiyalar qo'llanilib 444 ming so'm undirildi, birgina  joriy yil iyun`  oyining o'zida 6 mln 243 ming so'm undirildi.

O'rganishlarda 2022-yilda yoz mavsumi davrida suv istemoli bo'yicha shartnomalar tuzilishi, suvlarning belgilangan tartibda dastlabki hisob-kitobi va hisobotini  yuritilishi, suvdan foydalanish va suv iste'moli tartibiga rioya qilinishi, iste'molchilarga suvni etkazib berish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi, hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha  tegishli  ko'rsatmalar, yozgi sug'orish ishlarida esa yo'l qo'yilgan qonunbuzilishlarni aniqlash, hamda  bu kabi xato va kamchiliklarni  bartaraf etish yuzasidan taqdimnomalar kiritilishi ta`minlanganligi  qayd etildi.

Joriy yilning 6 oylik yakuniy holatida monitoring va o'rganishlar kabi nazorat tadbirlari davomida jami  176 ta holatda 16,0 gektar ekin maydonlarini ko'llatib sug'orish, 18 ta holatda 46 litr/sek miqdorda suvlarni zovurlarga tashlatib qo'yish, 218 ta holatda nosoz gidroinshootlardan foydalanish, 459  ta holatda esa nosoz qurilmalardan foydalanish, 171 ta holatda suvdan foydalanish va suv istemoli qoidalarini buzish, 30 ta holatda suv obektlarining holatiga ta`sir etuvchi gidrotexnika va boshqa ishlarini o'zboshimchalik bilan bajarish, suv obektlaridan suv olish limitlarini buzish, 28 ta holatda  suvdan foydalanish va suv istemoli rejalarini buzish, 1 ta holatda suvlarning dastlabki hisobini yuritish qoidalarini buzish, Davlat suv kadastri yuritishning belgilangan tartibini buzish hamda 769 ta boshqa holatlar sodir etilib, jami 1003 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi.

Xulosa qilib shuni ta`kidlash lozimki, mamlakatimizda bugungi kunda suv tejovchi texnologiyalardan samarali foydalanish, shuningdek, har bir suv iste'molchi tomonidan suvdan foydalanish va suv iste'moli tartibiga qat'iy rioya qilishi davr talabidir.

Zoyir QULIYEV,

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi“O'zagroinspeksiya”ning Surxondaryo

viloyat boshqarmasi bosh inspektori