Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Qayd etilishicha, Prokuratura organlari tomonidan sportni rivojlantirishga qaratilgan qonunlar ijrosi yuzasidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Oʻzbekiston suzish federatsiyasi mansabdor shaxslari tomonidan suzish sporti uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan terma jamoa aʼzosi boʻlmagan, aslida Federatsiya Bosh kotibi A.G.ning oila aʼzolari boʻlgan N.G., M.G va boshqa jami 15 nafar fuqarolarni Turkiya davlatiga dam olishga yuborilib, 405 mln. soʻm mablagʻ talon-toroj qilindi.
Shuningdek, amalda oʻtilmagan oʻquv — mashgʻulot yigʻinlar uchun soxta buyruqlar asosida 458 mln. soʻm mablagʻlar oʻzlashtirilgan.
Bundan tashqari, Federatsiyaga xalqaro musobaqa va oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish uchun homiylar tomonidan ajratilgan 1,2 mlrd. soʻm mablagʻlar maqsadsiz sarflanib, talon-toroj qilingan.