Mehmonlar samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, yaqinda boʻlib oʻtgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” koʻrgazmasining ijobiy natijalarini taʼkidladi. Shuningdek, oxirgi paytda Oʻzbekiston ustuvor hamkorlardan biriga aylanganiga urgʻu berdi.
Anʼanaga koʻra, Sverdlovsk oblasti qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, shu jumladan, qurilish sanoati uchun mahsulotlarni taklif etdi. Poytaxtdagi “Texnopark” da ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar - lift va sovitish tizimlari uchun butlovchi va ehtiyot qismlar ishbilarmonlarda katta qiziqish uygʻotdi. Mehmonlar shahar hokimligi va qurilish tashkilotlari rahbariyatini joriy yil oktyabr oyida Yekaterinburg shahrida boʻlib oʻtadigan Info BUILD qurilish texnikasi va uskunalarining eng yirik koʻrgazmasida ishtirok etishga taklif etdi.
Sharof Rahmonov poytaxtimizdagi oʻzgarishlarga ijobiy baho bergani uchun mehmonlarga minnatdorlik bildirib, shahar ravnaqi, bunyodkorlik ishlari koʻlami haqida maʼlumot berdi.
Shu bilan birga, uchrashuvda mehmonlarni qiziqtirgan sohalarda hamkorlikni faollashtirish maqsadida uchrashuvlar tashkil etish boʻyicha fikr almashildi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.