Tadbirda Yekaterinburgda akkreditatsiyadan oʻtgan Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon va Tojikiston Bosh konsulxonalari, Belarusning Rossiyadagi elchixonasining Ekaterinburgdagi boʻlimi, Armaniston faxriy konsulligi hamda mazkur davlatlarning Sverdlovsk viloyatida istiqomat qilayotgan diasporalari vakillari ishtirok etdi.
Viloyat gubernatori Evgeniy Kuyvashev va boshqalar MDH davlatlari va Sverdlovsk viloyati hamkorligida amalga oshirgan loyihalar, yildan yilga rivojlanib borayotgan oʻzaro manfaatli aloqalar haqida soʻz yuritdi.
Oʻzbekiston Bosh konsuli Abdusalom Hotamov mamlakatimizning Rossiya, jumladan, Sverdlovsk viloyati bilan turli sohalarda rivojlanib va kengayib borayotgan aloqalari hamda yil sayin oshib borayotgan savdo aylanmasi haqida maʻlumot taqdim etdi.
Tadbirda qatnashgan davlatlar vakillari milliy qoʻshiq yoki raqslarini namoyish etdi. Jumladan, Tyumenʻ viloyatidagi “Vatan” oʻzbek milliy markazi tomonidan taʻsis etilgan “Bahor” ansambli ishtirokchilari chiqishlari samimiy kutib olindi.