Tadbir davomida Amudaryo tumanida yashovchi fuqarolar Sh.Yu va S.Ye, A.Slar tomonidan Ellikqalʼa tumani “Uchqoʻrgʻoq” OFY hududida joylashgan tabiiy koʻldan noqonuniy ravishda 86 dona ilonbaliq va 75 dona zagʻorabaliq, 48 dona qizilqanot, 2 dona sudak baliqlarin 10 dona leskali toʻr bilan ovlab kelayotgan vaqtida Ellikqalʼa tumani hududida toʻxtatilib tekshirildi.
Oʻrganishlar davomida tabiatga 33 696 000 soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan. Qonunbuzar fuqarolarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.