Tabiat resurslari vazirligi Toshkent viloyati boshqarmasi va hududiy bo'lim mas'ul xodimlari tomonidan o'tgan 2022-yil mobaynida jami 4217 ta huquqbuzar holatlari sodir etilgani aniqlandi. Mazkur holatlar bo'yicha 2 milliard 208 million 365 ming so'm jarima qo'llanilgan bo'lib, shundan 3555 ta holatda 1 milliard 327 million 865 ming so'm davlat hisobiga undirib olingan, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.
Xususan, o'tgan yil yakuniga qadar O'simlik dunyosiga etkazilgan zarar miqdori 798 million 880 ming so'mni tashkil etgan. Bu bo'yicha jami 292 holat aniqlangan bo'lib, 471 million 300 ming jarima summalari qo'llanilgan hamda 264 million 900 ming so'm davlat hisobiga undirib olingan. Hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar esa 23 mln 610 ming so'mni tashkil etgan.
Birgina o'tgan yilning 9-mart kuni Toshkent viloyati Yangiyo'l tumani “Xalqabod” MFY hududidan oqib o'tuvchi “Bo'zsuv” kanalida fuqarolar A.Abdujalilov, Q.Asomov, S.SHadiyev, Q.Asomovlar ishtirokida noqonuniy ov quroli (Qo'l bola usulida yasalgan kuchli to'k chiqruvchi elektro Qarmoq) yordamida baliq ovlyotganlik holati aniqlandi. Ushbu holat bo'yicha tabiatga etkazilgan zarar summasi 95 mln 326 ming so'mni tashkil etgan. Holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, huquqiy baho berish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasiga to'plangan hujjatlar taqdim etilgan. Dastlabki surishtiruvlardan so'ng 2022-yil 28-iyul kuni Jinoiy ishlar bo'yicha Yangiyo'l tumani sudi tomonidan fuqarolarga nisbatan xukm choralari o'qilgan.
Fuqaro A.Abdujalilovga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 105 moddasi 2-qismi “M” bandi bilan aybli, deb topilib 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi qo'llanilgan. Fuqaro S.SHadiyevga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 229-moddasining 2-qismi bilan aybli, deb topilib 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi qo'llanilgan. Qolgan ikki fuqaroga nisbatan “Munosib xulq-atvorda bo'lish haqida tilxat” ehtiyot chorasi qo'llanilgan.
Atmosfera havosi muhofaza qilish bo'yicha 2136 ta holat aniqlangan bo'lib 432 mln 140 ming jarima summalari, chiqindilar bilan bog'lik ishlarni amalga oshirish bo'yicha 1489 ta noqonuniy holatga 602 mln 250 ming jarima summalari qo'llanilgan. Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish bo'yicha 83 ta holat aniqlangan bo'lib, 391 mln 800 ming jarima so'mmalari qo'llanilgan. Shulardan 223 mln 140 ming so'm davlat hisobiga undirib olingan.