O‘tkazilgan reyd tadbiri davomida Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro X.X. Surxondaryo daryosi o‘zani tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzgan holda noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olayotganligi aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan fuqaro X.Xga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz barobari — 9 000 000 so‘m ma’muriy jarima qo‘llanildi va hududdan texnikalar chiqarib yuborildi.
Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.