Bu haqda "Oʻzenergoinspeksiya" axborot xizmati xabar berdi.
"Oʻzenergoinspeksiya" Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Qarshi shahrida fuqaro M.F. fermer xoʻjaligiga qarashli binoda faoliyat yuritayotgan omixta yem ishlab chiqarish sexi hujjatlarsiz, toʻgʻridan toʻgʻri gaz tarmogʻiga ulanib, undan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik holati boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra davlat manfaatlariga 1 mlrd 65 mln soʻm zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.
Hozirda holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Elektr va gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoʻli bilan talon-toroj qilish holatlari uchun qonunchilikda belgilangan qatʼiy choralar koʻrilishini unutmang, — deyiladi xabarda.