Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman boʻlimi tomonidan tuman ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.S.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari ushbu xoʻjalikka tegishli 100 kVt kuchlanishli transformatorga noqonuniy ulanib, 223,4 ming kVt/s elekt energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Namangan tuman boʻlimi tomonidan tuman ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “P.H.” MCHJ rahbari N.T. savdo doʻkonini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, 136,6 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Samarqand tuman boʻlimi tomonidan tuman GTF xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.T.” fermer xoʻjaligi rahbari M.X. xoʻjalik issiqxonasini hech qanday hujjatlarsiz gaz tarmogʻiga ulab olib, 85,2 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Qoʻshrabot tuman boʻlimi tomonidan tuman GTF xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.m.” XK rahbari T.T. xususiy jamoat hammomidagi 6 dona gaz isitish pechini hech qanday hujjatlarsiz gaz tarmogʻiga ulab olib, 62,1 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Ushbu qonunbuzilish holatlari oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 289,7 mln soʻm zarar yetkazilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.