Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pastdarg'om tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.” MCHJ mas'ul shaxslari avtomobillarga siqilgan gaz to'ldirish shoxobchasining gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta'sir o'tkazib, jami 2 mlrd so'mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Departamentning Oqdaryo tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.B.” xususiy korxonasi rahbari A.A. “Ishtixontumangaz” hududiy bo'limi chilangari A.J. yordamida korxonaga qarashli to'yxonani hech qanday hujjatsiz gaz tarmog'iga o'zboshimchalik bilan ulab, jami 231,2 mln so'mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Sрuningdek, Departamentning Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.M.” MCHJ mas'ul shaxslari va boshqalar MCHJga qarashli ehtiyot qismlar ishlab chiqarish tsexidagi gaz hisoblash uskunasiga o'rnatilgan tamg'ani buzib, jami 236,5 mln so'mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o'g'rilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.
Tabiiy resurslar o'g'irligi fosh etilmoqda
Tergovga qadar tekshiruvda “S.B.” xususiy korxonasi rahbari A.A. “Ishtixontumangaz” hududiy bo'limi chilangari A.J. yordamida korxonaga qarashli to'yxonani hech qanday hujjatsiz gaz tarmog'iga o'zboshimchalik bilan ulab, jami 231,2 mln so'mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shahrisabz koʻchasidagi BRT yoʻlagi qurilishi 31-avgustga qadar yakunlanadi
- YPX xodimining hayotini xavf ostida qoldirgan haydovchi qamoqqa olindi
- Toshkentda noqonuniy qurilishlar haqida xabar berish uchun Telegram-bot ishga tushirildi
- Prezident Xivadan Urganchga yangi avtomobil yo‘li orqali qaytdi
- Tadbirkorlarning mamlakatimiz taraqqiyotiga qoʻshayotgan hissasi yuksak baholandi
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvdagi nutqi
Samarqandda tez yordam mashinasiga yo‘l bermagan «Mercedes-Benz» haydovchisi jarimaga tortildi
- Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- 2026/2027-o‘quv yili uchun mandat natijalari e’lon qilindi
- “Afrosiyob” poyezdida unutib qoldirilgan barsetka egasiga qaytarildi
- Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida avariyaviy quduqni yopish ishlari boshlandi
- Joriy yilgi minimal o‘tish ballari ma’lum bo‘ldi