Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pastdarg'om tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.” MCHJ mas'ul shaxslari avtomobillarga siqilgan gaz to'ldirish shoxobchasining gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta'sir o'tkazib, jami 2 mlrd so'mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Departamentning Oqdaryo tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.B.” xususiy korxonasi rahbari A.A. “Ishtixontumangaz” hududiy bo'limi chilangari A.J. yordamida korxonaga qarashli to'yxonani hech qanday hujjatsiz gaz tarmog'iga o'zboshimchalik bilan ulab, jami 231,2 mln so'mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Sрuningdek, Departamentning Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.M.” MCHJ mas'ul shaxslari va boshqalar MCHJga qarashli ehtiyot qismlar ishlab chiqarish tsexidagi gaz hisoblash uskunasiga o'rnatilgan tamg'ani buzib, jami 236,5 mln so'mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o'g'rilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.
Tabiiy resurslar o'g'irligi fosh etilmoqda
Tergovga qadar tekshiruvda “S.B.” xususiy korxonasi rahbari A.A. “Ishtixontumangaz” hududiy bo'limi chilangari A.J. yordamida korxonaga qarashli to'yxonani hech qanday hujjatsiz gaz tarmog'iga o'zboshimchalik bilan ulab, jami 231,2 mln so'mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Sirdaryoda reyd vaqtida ekologik inspektor halok boʻldi
- I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumi o‘tkaziladi
- 2026-yil 15-sentabrdan boshlab almashuv kursini shakllantirish va e'lon qilish amaliyotlari takomillashtiriladi
- Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni jadallashtirish vazifalari belgilandi
- O‘zbekiston hududi orqali Xitoydan Eronga tranzit konteyner blok-poyezdi yo‘lga qo‘yildi
- O‘zbekistonda davlat chegarasi ostida noqonuniy tunnel qurganlik uchun jinoyiy javobgarlik belgilanmoqda
- O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining muloqoti Buxoroda davom etadi
- “Chorvoq”da cho‘kib ketgan ota va ikki o‘g‘il hodisasi tafsilotlari ma’lum qilindi
- Bakalavriatni imtiyozli diplom bilan bitirganlarga malaka toifasi beriladi
- Mustaqillik bayrami arafasida fidoyi vatandoshlarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
- Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar yangicha tashkil etiladi