Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Dangʻara tuman boʻlimi tomonidan tuman elektr taʼminoti korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman elektr taʼminoti korxonasi “Oqjar” boʻlimi ustasi M.M. “Q.P.” oilaviy korxonasi ish boshqaruvchisi R.E. bilan oʻzaro til biriktirib, korxonaning parrandachilik fermasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga hech qanday shartnoma hujjatlarisiz oʻzboshimchalik bilan ulab berganligi oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 33,8 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 28, 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.