Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” Jizzax hududiy bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Sh.Rashidov tumani, “Qahramon” MFYda faoliyat yuritib kelayotgan “Qahramon arena” MCHJga qarashli “Choyxona”da elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Ushbu “tadbirkor”ga tegishli choyxonada elektr energiyasini hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir ko‘rsatilganligi aniqlanib, hisobga olinmagan elektr energiyasi bo‘yicha 139,6 mln. so‘m qayta-hisob amalga oshirildi.

O‘tkazilgan o‘rganish natijasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan iste’molchining elektr qurilmalari tarmoqdan ajratilib, holat bo‘yicha tegishli choralar qo‘llash uchun hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilmoqda.

Hududlarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda, — deyiladi “O‘zenergoinspeksiya” Matbuot xizmati xabarida.